Egamberdiyev Farxod To‘xtayevichning psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«O‘smir basketbolchilarda irodaviy sifatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar» mavzusida
Egamberdiyev Farxod To‘xtayevichning 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «O‘smir basketbolchilarda irodaviy sifatlar shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar» mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 18 noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51;
ye-mail: kengash@edu.uz