EFL UEFA qaroridan norozi: “Liverpul” — “Atletiko” o‘yini Angliyadagi uchta uchrashuv jadvalini o‘zgartirdi
UEFA vaziyatga izoh berib, muammo taqvim rasman e’lon qilinganidan keyingina ma’lum bo‘lganini bildirdi.
Angliya futbol ligasi (EFL) UEFAning Chempionlar ligasi doirasidagi “Liverpul” — “Atletiko” uchrashuvini 9-sentabrga belgilash qaroridan norozi bo‘ldi. Independent nashriga ko‘ra, ushbu qaror Angliyadagi uchta uchrashuv sanasini o‘zgartirishga majbur qilgan.
EFL yuzaga kelgan vaziyatni UEFA tomonidan “hamkorlik qilish istagi yo‘qligi” sifatida baholagan.
Natijada Angliya Liga kubogi 3-bosqichidan o‘rin olgan “Everton” — “Vulverhempton” uchrashuvi 16-sentabrga ko‘chirildi. “Liverpul” — “Tottenhem” bahsi esa dastlab rejalashtirilgan 16-sentabr o‘rniga 15-sentabr kuni o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Championship doirasidagi “Vulverhempton” — “Portsmut” uchrashuvi 20-oktabrga qoldirildi.
UEFA vaziyatga izoh berib, muammo taqvim rasman e’lon qilinganidan keyingina ma’lum bo‘lganini bildirdi. Tashkilotga ko‘ra, Chempionlar ligasi uchrashuvlariga safarini oldindan rejalashtirgan muxlislar sababli taqvimni keyinchalik o‘zgartirishning imkoni bo‘lmagan.