EʼTIROF: taraqqiyotning yangi yoʻli
Nafaqat yurtdoshlarimizga, balki jahon hamjamiyatiga kundek ravshanki, mamlakatimizda soʻnggi toʻrt yillikdagi oʻzgarishlar, istiqbolli islohotlar insonning qadr-qimmati, shaʼni va manfaatlarini himoya qilishdek oliyjanob fazilatlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.
Nafaqat yurtdoshlarimizga, balki jahon hamjamiyatiga kundek ravshanki, mamlakatimizda soʻnggi toʻrt yillikdagi oʻzgarishlar, istiqbolli islohotlar insonning qadr-qimmati, shaʼni va manfaatlarini himoya qilishdek oliyjanob fazilatlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylandi.
Biz ana shunday ulugʻvor maqsadlar bilan ishlashni oʻrgandik. Xalqimiz insoniy fazilatlar bilan yashashga odatlandi.
Albatta, fuqarolar ongida, davlat xizmatchilari tafakkurida bunday olamshumul burilishning yuzaga kelishida, shubhasiz Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi turibdi.
Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda veterinariya va chorvachilik sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq etilishi, obrazli qilib aytganda minglab chorvadorlar, koʻp ming sonli veterinarlarning koʻksiga quyosh nuri kabi iliqlik ulashdi. Bundan nafaqat chorvador va veterinarlar, hovlisida bir bosh qoramol saqlayotgan xonadon egalari ham xursand boʻldi, desak aslo mubolagʻa emas.
Jumladan, davlatimiz rahbarining 2017-yil 1-iyundagi “Davlat veterinariya xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 28-martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari, 2017-yil 1-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yana-da rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilindi. Bu hujjatlar mohiyati xalqchilligi bilan ahamiyatlidir.
Binobarin, mazkur farmon va qarorlar amaliyotga tatbiq etilishi natijasida bugungi kunda chorvachilik bilan shugʻullanuvchi fermer xoʻjaliklari soni 6445, goʻshtni qayta ishlash korxonalari soni
600, sutni qayta ishlash korxonalari soni 700, baliqchilik subyektlari soni 3800, baliqni qayta ishlash korxonalari soni 55, parrandachilik subyektlari soni 1100, qorakoʻlchilik bilan shugʻullanuvchi subyektlar soni 1000, asalarichilik subyektlari soni 1000 tani tashkil etdi. Oʻz oʻrnida, ushbu subyektlar negizida 500 mingdan ortiq fuqaro yangi va doimiy ish oʻrni bilan taʼminlandi.
Ishonch bilan aytishimiz mumkin, bugun Prezidentimiz boshlab bergan islohotlardan naf olayotgan, roʻzgʻorining toʻkinligini taʼminlayotgan, millionlab yurtdoshlarimiz koʻnglida yashash zavqi oshdi, kelajakka ishonch hissi ulgʻaydi. Bu esa yurtimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishi shubhasiz
Bahrom NORQOBILOV,
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
davlat qoʻmitasi raisi.