Dzyudoçilarimiz Toşkentdagi Gran-prida 26 ta medal jamğardi
Poytaxtimizdagi "Olimpiya şaharçasi"da dzyudo böyiça kadetlar örtasidagi «Saber Tashkent Grand Prix Cadets 2026» xalqaro musobaqasi yakunlandi. Unda Özbekiston terma jamoasi vakillari 5 ta oltin, 7 ta kumuş va 14 ta bronza medalini qölga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egalladi.
Dunyoning 19 davlatidan 250 nafar sportçi iştirok etgan bellaşuvlarning sönggi kunida sakkizta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, uşbu bellaşuvlarda Parizoda Yöldoşeva (-63 kg) va Alibek Dördiyev (+90 kg) kabi polvonlarimiz oltin medalga sazovor bölgan bölsa, Zuhra Alimova (-57 kg), Şohista Törayeva (-70 kg), Hulkar Baxtiyorova (+70 kg), Çingiz Salimov (-73 kg), Samandar Sunnatov (-81 kg) hamda Elnur Xolmurodov (-90 kg) musobaqaning kumuş medallarini qölga kiritdi.
Gran-prining bronza medallari Xosiyat Sobirova (-63 kg), Ziyoda Şomurodova va Poşşajon Jömayeva (-70 kg), Şohmurod Şomurodov va Jasurbek Turkmanov (-81 kg), Jörabek Eşpölatovga (-90 kg) nasib etdi.
Ikki kunlik bellaşuvlar yakuniga köra, Rossiya terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumuş va 7 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinçi örinni egalladi. Vakillarimiz esa 5 ta oltin, 7 ta kumuş va 14 ta bronza medal jamğarib, ikkinçi poğonadan joy oldi. Kuçli uçlikni Kanada jamoasi 3 ta oltin va 1 ta kumuş medali töplagan holda yakunlab berdi.

Şu tariqa, Toşkentda ilk bor taşkil etilgan kadetlar Gran-pri musobaqasi yurtimiz yoş dzyudoçilari uçun xalqaro maydonda öz salohiyatini namoyon etiş, tajriba orttiriş va munosib natijalarga erişiş imkonini berdi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA