Dzyudochilarimiz Osiyo chempionatida 10 ta medalga sazovor bo‘ldi
Xitoyning Ordos shahri mezbonlik qilgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 19 ta davlatdan kelgan 200 nafarga yaqin dzyudochi g‘oliblik uchun bellashdi.
Quvonarlisi, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik bahslarida 1 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza, jami 10 ta medal jamg‘ardi.

Musobaqaning so‘nggi kunida Alisher Yusupov jamoamiz hisobiga oltin medal keltirdi.
Shuningdek, vakillarimizdan Laziza Haydarova, Sita Qadamboyeva va Shirinjon Yo‘ldosheva kumush, Xurshida Razzoqberdiyeva, Barchinoy Qodirova, Umida Nig‘matova, Samariddin Qo‘chqorov, Ernazar Sarsenbayev va Muzaffarbek To‘raboyev o‘z vaznida bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Ertaga, 19-aprel kuni qit’a birinchiligi doirasida aralash jamoaviy bahslar o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA