Dzyudochi yoshlarimiz Yevropada yorqin g‘alabaga erishdi
Chernogoriyaning Podgoritsa shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Yevropa kubogi musobaqalarida mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatga erishdi.
Har yili an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan "Junior European Cup 2026" turnirida sportchilarimiz yuksak mahorat va tatamida mutlaq ustunlikni namoyish etishga muvaffaq bo‘ldi.
Murosasiz bellashuvlar davomida o‘ynalgan 56 ta medalning 21 tasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi rekord natijani qayd etdi. Mutaxassislar e’tirofiga ko‘ra, bu umumiy sovrinlar jamg‘armasining 37,5 foizini tashkil etdi.
Amerika, Yevropa va Osiyo qit’asining 24 davlatidan 220 nafardan ortiq mahoratli dzyudochilar ishtirok bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta oltin, 5 ta kumush, 11 ta bronza medallarini jamg‘argan holda umum jamoada yetakchilikni qo‘lga kiritdi.
Mahoratli dzyudochi yoshlarimizdan Asadbek Misirov, Inoyat Telmanov, Fazliddin Rafiqov, Zarina Jamolova, Nargiza Do‘stmamatova o‘z vaznlarida oltin medallarga egalik qilgan bo‘lsa, Muhriddin Marufov, Behruzbek Rustamboyev, Rayhona Mamatova, Shoira Aminova, Zarina Bobonazarova kumush, Arapbay Daurboyev, Dilshod Karimov, Amirxon Nizomiddinov, Izzatbek Ro‘zimatov, Javlon Qo‘ldoshboyev, Sanjar Ashurov, Kamron Qodirov, Muhammadobid Mahmarayimov, Nigina Umirzoqova, Nigina Saparboyeva, Durdona Tursunova bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA