Dzyudo va yunon-rum kurashchilarimiz 6 ta medalni ko‘zlamoqda
Aichi va Nagoya shaharlarida o‘tayotgan XX Osiyo o‘yinlarida sport kurashlari va dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun oltita medal uchun bahs olib boradi.
Xususan, sport kurashlarining yunon-rum dasturida 67 kilogramm vazn toifasida Aytjan Xalmaxonov finalda yaponiyalik Kyotaro Sogabega qarshi bahslashadi. 130 kilogramm vazn toifasida esa Rafael Sitsuashvili finalda eronlik Amin Mirzozoda bilan kuch sinashadi. 87 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Jalg‘asbay Berdimuradov bronza medali uchun qozog‘istonlik Shamil Ojayevga qarshi gilamga chiqadi.
Dzyudo bahslarida esa -52 kilogramm vazn toifasida Sita Qadamboyeva finalda Janubiy Koreya vakili Seyun Jang bilan tatamiga chiqadi. -66 kilogrammgacha vazn toifasida Abdurahim Nutfulloyev mo‘g‘ulistonlik Yulk Kazirbiyevga qarshi bahs olib boradi.
60 kilogramm vazn toifasida bellashayotgan Samariddin Qo‘chqorov esa bronza medali uchun tojikistonlik Loiq Kudbudinov bilan kuch sinashadi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA