Dzyudo: Saʼdulla Ravşanov terma jamoamizga jahon çempionatining kumuş medalini tuhfa etdi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida dzyudo böyiça yoşlar örtasida ötkazilayotgan jahon çempionatining ikkinçi kunida Özbekiston terma jamoasi aʼzolari yana bir medalga ega çiqdi.
82 mamlakatning 600 nafarga yaqin mahoratli sportçilari qatnaşayotgan dunyo birinçiligining ikkinçi kungi bellaşuvlarida -81 kg vazn toifasida vatanimiz şarafini himoya qilgan Saʼdulla Ravşanov saralaş bellaşuvlarini muvaffaqiyatli ötkazdi.
Şiddatli bahslarda Yaponiya, Braziliya, Gruziya va Xitoy terma jamoasining aʼzolarini mağlub etgan Ravşanov yarim finalda fransiyalik dzyudoçini taslim etdi.

Joriy yil ösmirlar örtasidagi jahon çempionatida ğoliblikka erişgan Saʼdulla Ravşanov oltin medal yölidagi şiddatli kuraşda rossiyalik Yaroslav Bunakovga kiçik xatolik tufayli imkoniyatni boy berib, kumuş medalga sazovor böldi.

Uşbu muvaffaqiyatdan söng Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 tadan oltin va kumuş medallarga egalik qilgan holda umumjamoa hisobida 3-örinni egallab turibdi.
Jamoalar orasida yetakçilik qilayotgan Rossiya terma jamoasi hisobida 4 ta oltin, 1 tadan kumuş va bronza medali mavjud bölsa, 2-örinni band etgan Yaponiya terma jamoasi 1 tadan oltin va kumuş va 4 ta bronza medali jamğarişga muvaffaq böldi.
Jahon çempionati bellaşuvlari 22-noyabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA