Dunyo suratlarda
ÖzA öquvçilarni jahonda sodir bölgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etişda davom etadi.

Meksika: Zapotlanexo şahrida Öliklar kuni munosabati bilan balandligi 22 metrli Kantinflas va bayram ramzi La Katrina haykallari örnatildi.

Fransiya: Nansi şahrida talabalar universitetga qabul, oliy taʼlimni moliyalaştiriş, kundalik hayot qimmatlaşişi masalalari bilan boğliq muammolar hal etilişini talab qilib köçalarga çiqqan.

Buyuk Britaniya: Londonda faollar Şetland oroli yaqinida, Şimoliy Atlantikada joylaşgan “Rosebank” neft konini özlaştiriş rejasiga qarşi namoyiş ötkazmoqda.

Filippin: Sagada şahrida aholi “Barça avliyolar kuni” munosabati bilan vafot etgan yaqinlari qabri yonida gulxan yoqdi.

AQŞ: Nyu-Yorkdagi Grinviç-Villij xellouin paradi iştirokçisi. 53-marta ötkazilgan tadbirda 60 000 kişi turli libosda namoyon böldi.

Xitoy: Çanşu şahridagi “Bosideng” texnologiya markazi roboti. Kiyim-keçak fabrikasida işlab çiqariş va mahsulotni yetkazib beriş jarayoni sunʼiy intellekt yordamida boşqariladi.

Turkiya: Yozgat viloyati Eymir şahri yaqinida joylaşgan Şebek dovonida daraxtlar kuz rangiga burkangan.

Filippin: Masantol şahrida aholi “Barça avliyolar kuni” munosabati bilan suv bosgan qabristonda vafot etgan yaqinlarini ziyorat qilmoqda. Mamlakatning sohil böyi hududlarida dengiz sathi kötarilişi, yer çökişi va quriliş işlari tufayli toşqin köpaygan.

Ğazo: Şayx Radvon mahallasida bolalar oçiq maydonda “Qirol Şer” multfilmini tomoşa qilyapti.
Fardona Yaxşiboyeva, ÖzA