Dunyo suratlarda
O‘zA o‘quvchilarni jahonda sodir bo‘lgan voqea-hodisalardan suratlar yordamida boxabar etishda davom etadi.

Yaponiya. Kumamoto prefekturasida sodir bo‘lgan zilziladan so‘ng “Yatsushiro” zavodida mo‘ri qulab tushdi.

Fransiya. Eyfel minorasi uzra ko‘tarilib turgan to‘lin oy.

Chexiya. Praga hayvonot bog‘ida oq ayiq jazirama tufayli o‘z qo‘rasiga olib kelingan muz bo‘laklarida dam olmoqda.

Serbiya. Qurg‘oqchilik va jazirama tufayli Dunay daryosi sathining pasayishi natijasida ikkinchi jahon urushi davrida cho‘kib ketgan nemis harbiy kemasi yaqinida suzayotgan odamlar.

Falastin. Asalarichilar G‘azo shahridagi vayron bo‘lgan bino tepasiga o‘rnatilgan asalari uyalarini ko‘zdan kechirmoqda.

AQSH. Vashingtonda yuz bergan yirik yong‘indan so‘ng Spokane hududining ko‘rinishi.

Ispaniya. Chegara nazoratchilari Taraxal sohili yaqinidagi tunnelda yashiringan muhojirni topgan payt.

Buyuk Britaniya. Sportchilar Londondagi “Hackney marshes” maydonida kriket o‘ynamoqda.

Rossiya. Festival ishtirokchilari Sankt-Peterburg shahrida suzish musobaqasiga hozirlik ko‘rmoqda.

Shveysariya. Amerikalik xonanda Keti Perri “Paleo” festivalining asosiy sahnasida chiqish qilmoqda.

Pokiston. Kvetta hududida mina portlashidan so‘ng qutqaruvchi omon qolganlarni qidirmoqda. Yonma-yon joylashgan ikkita ko‘mir konida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 34 nafar konchi halok bo‘ldi.

Xitoy. Uxu mintaqasida “Chery Group” kompaniyasining “AI Moga” robotlari xorijga eksport qilinishidan oldin ko‘rgazma ishtirokchilariga namoyish qilinmoqda.

Senegal. Senegal daryosi ustidagi Fayderbe ko‘prigining yuqoridan ko‘rinishi.

Janubiy Koreya. Havo harorati ko‘tarilayotgan bir paytda Miryangdagi dalada ishchilar soyabonlar ostida qulupnay termoqda.

Kuba. Gavana shahrida velotaksi haydovchisi ko‘chani kesib o‘tmoqda. Kuni kecha hukumat umummilliy o‘chirishdan so‘ng elektr ta’minotini tiklashga urinayotgan bir paytda mamlakat milliy elektr tarmog‘i yana ishdan chiqdi.
O‘.Alimov, O‘zA