Donald Tramp Nobel mukofotini oladimi?
AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyadagi qurolsizlanish jarayonini oxiriga yetkazib, ballistik raketalarni yoʻq qilsa, Nobel mukofoti olishga munosib boʻladi.
AQSH Prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyadagi qurolsizlanish jarayonini oxiriga yetkazib, ballistik raketalarni yoʻq qilsa, Nobel mukofoti olishga munosib boʻladi.
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kano Tokiodagi matbuot anjumanida shu fikrni aytib, hozircha Koreya yarim orolidagi bunday jarayonda rivojlanish boʻlmayotganini taʼkidladi, deyiladi TASS xabarida.
Maʼlumot uchun, shu yilning 15 fevralda Tramp oʻzini Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe tomonidan tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga tavsiya qilinganini aytgandi.