Dolzarb ijtimoiy masalalar muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Xalq deputatlari Termiz shahar kengashining 48-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador bo‘lim va tashkilot rahbarlari qatnashdi.
Sessiyada erta turmush va erta tug‘uruq holatlari hamda ajrimlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, shahardagi ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish holati, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati Termiz shahar bo‘linmasi qoshida ochilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasiga tushgan mablag‘larning sarflanishi, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlar tahliliga doir tegishli mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
Kun tartibdagi boshqa masalalar ham atroflicha muhokama etilib, shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
[gallery-7146]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat) O‘zA