Dmitriy Medvedov yangi lavozimga tayinlandi
Prezident Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari lavozimini taʼsis qildi va ushbu lavozimga kecha bosh vazirlikdan isteʼfo bergan Dmitriy Medvedevni tayinladi.
Prezident Vladimir Putin Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari lavozimini taʼsis qildi va ushbu lavozimga kecha bosh vazirlikdan isteʼfo bergan Dmitriy Medvedevni tayinladi.
RIA novostining xabar berishicha, kuni kecha Medvedev davlat rahbarining Konstitutsiyaga oʻzgartish kiritish haqida ilgari surgan taklifi munosabati bilan hukumat toʻliq tarkibda isteʼfoga chiqqanini eʼlon qilgan edi.
Federal kengashning xalqaro qoʻmitasi birinchi oʻrinbosari Vladimir Jabarovning fikricha, sobiq bosh vazir mantiqan olib qaraganda, vitse-prezident vazifasini egalladi, chunki Xavfsizlik kengashining raisi prezidentning oʻzi hisoblanadi.