Dmitriy AZAROV: Samarada Oʻzbekiston tekstil mahsulotlari markazi tashkil etiladi
Toshkentda Oʻzbekiston-Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda. Ushbu keng koʻlamli tadbirda Rossiya Federatsiyasi Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov ham ishtirok etmoqda.
Toshkentda Oʻzbekiston-Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi davom etmoqda. Ushbu keng koʻlamli tadbirda Rossiya Federatsiyasi Samara viloyati gubernatori Dmitriy Azarov ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida Dmitriy Azarov OʻzA muxbiriga eksklyuziv intervyu berdi.
– Avvalo shuni aytishni istardimki, biz mamlakatingizning mana shunday iliq va samimiy mehmondoʻstligi uchun minnatdormiz, katta mamnuniyat bilan Oʻzbekiston-Rossiya I hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etmoqdamiz.
Oʻzbekiston va Rossiyani chuqur iqtisodiy, gumanitar aloqalar, shuningdek, mamlakatlarimiz rahbarlarining doʻstona munosabatlari bogʻlab turadi. Mazkur forumning tashkil etilgani ham mamlakatlarimiz hamkorlik aloqalari katta salohiyatga ega ekanligini yaqqol koʻrsatib turibdi. Ushbu keng koʻlamli tadbir barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish maydoni boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Forum doirasida tashkil etilgan koʻrgazmada Samara viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, hududimizning investitsiyaviy salohiyati ham namoyish etilmoqda. Biz oʻzbekistonlik hamkorlarimiz bilan Samara viloyatida tekstil mahsulotlari markazi tashkil etish boʻyicha kelishuvga erishdik. Bundan tashqari, Namangan, Xorazm viloyatlari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini koʻrib chiqmoqdamiz. Umuman olganda, Oʻzbekistonning boshqa hududlari iqtisodiy salohiyati ham bizda katta qiziqish uygʻotmoqda.