Dividendlarni toʻlash tartibiga rioya qiling
Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlariga tayanib oxirgi 5 yilda toʻlangan dividend toʻlovlarini soliqqa tortilishi kameral nazoratdan oʻtkazilmoqda.
Surxondaryo viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlariga tayanib oxirgi 5 yilda toʻlangan dividend toʻlovlarini soliqqa tortilishi kameral nazoratdan oʻtkazilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 2016-2017 yillar mobaynida viloyatdagi 8 ta korxona taqsimlanadigan sof foydasi kam boʻlsa-da, 2 784 million soʻmlik mablagʻlarini dividend koʻrinishida hisob raqamlaridan noqonuniy ravishda toʻlab bergan. Oqibatda davlat byudjetiga 374,1 million soʻm soliqlar tushmay qolgan.
Belgilangan tartibga koʻra, foydasi yoʻq yoki zarar bilan ishlayotgan yuridik shaxsning dividend deb toʻlab bergan mablagʻi jismoniy shaxslarning daromad soligʻi stavkasida, agar yuridik shaxslarga toʻlangan boʻlsa, ularning boshqa daromadlari tarkibiga kiritilib, soliqqa tortilishi shart.
Masalan, “Denov rieltor servis“ MCHJ rahbari joriy va taqsimlanmagan foydasi 7,3 million soʻm boʻlsa-da, 61,8 million soʻm mablagʻini dividend toʻlovi deb, 10 foiz stavkada 6,1 million soʻm soliq toʻlab hisob raqamidan olgan. Aslida ushbu korxona tomonidan 22,5 foiz stavkada 13,9 million soʻm soliq toʻlanishi lozim edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aniqlangan tafovutlar yuzasidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga aniqlangan soliq summalariga nisbatan talabnomalar yuborildi.
Eslatib oʻtamiz, soliq toʻlovchilar Soliq kodeksining 31-moddasiga muvofiq soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarini mustaqil ravishda tuzatish huquqiga egadirlar.
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shoʻbasi