“Discovery” kanallarining Rossiyada translyatsiyasi to‘xtatiladi
Amerikaning “Discovery” kompaniyasi o‘z kanallarining Rossiyadagi translyatsiyasini to‘xtatadi.
Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Discovery” Rossiyada o‘z telekanallari va xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qildi, – deya kompaniyaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.
“Variety” jurnali ma’lumotiga ko‘ra, 15 ga yaqin kanal Rossiyada o‘z translyatsiyasini to‘xtatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning CNN telekompaniyasi,
Germaniyaning yetakchi ARD va ZDF telekanallari hamda Italiyaning RAI davlat televideniyesi Rossiyada ko‘rsatuvlarni to‘xtatish qarorini ma’lum qilgan edi.
4 mart kuni Britaniyaning BBC radioeshittirish korporatsiyasi Rossiya qonunchiligining kuchayishi sababli RFdagi faoliyatini vaqtincha to‘xtatayotganini ma’lum qilgan edi.
8 mart kuni esa BBC Rossiyada ingliz tilida eshittirishlar qayta tiklangani haqida xabar bergandi.