Devona bobo ziyoratgohi taʼmirlanmoqda
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanining Gumbaz mahallasidagi Devona bobo ziyoratgohida olib borilayotgan restavratsiya ishlari bilan tanishdi va bu yerda nuroniylar bilan suhbatda boʻldi.

XIX asr oʻrtalarida barpo etilgan mazkur arxitektura yodgorligi va ziyoratgoh uzoq yillar eʼtibordan chetda qolib kelayotgan, maqbaraning oldida joylashgan jamoa xoʻjaligining maʼmuriy binosi panasida qolgan edi. Hozirda bu eskirgan maʼmuriy bino toʻliq buzilib, Devona bobo maqbarasi qayta taʼmirlanib, qadimiy shuhratini qayta tiklash borasida ish olib borilmoqda. Ziyoratgohga hamohang tarzda jomeʼ masjidi qurilishi ham boshlangan.