Deputat tashabbusi bilan ko‘prik qurildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida O’zLiDeP partiyasidan saylangan deputatlar joylarda saylovchilar bilan uchrashib, ularning muammolarini tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish orqali o‘rganib chiqmoqda.
Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashi deputati Rustem Qalimbetovga o‘zi saylangan “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Birlik”, S.Nurumbetov va Beruniy ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar ko‘prik qurib berishda amaliy yordam sӯrab murojaat etdi.
bugungi kunda ushbu mahalla fuqarolar yig‘inida mingdan ziyod xo‘jalikda 3 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ko‘prik bo‘lmaganligi bois mahalla fuqarolar yig‘ini ahli tuman markazidan 1,5 kilometr yo‘lni aylanib o‘tar edi.
Ko‘prik qurish masalasi ikki yildan buyon muammo bo‘lib kelardi. Xalq vakili mazkur muammoni 2-sektor rahbari A.Karimbayev va “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi B.Ubaydullayev bilan birgalikda atroflicha o‘rganib chiqdi. Natijada tuman markazini bӯlib turgan kollektorga ko‘prik qurish masalasi o‘z yechimini topdi.
Bundan mazkur hududda yashovchi aholi, umumta’lim maktabi ӯqituvchilari va ota-onalarning quvonchi cheksiz.
Dovud Abibullayev, O‘zA