Denovda mutasaddilarga 3 soatdan ortiq vaqt davomida yuzdan ortiq murojaat tushgan
Bugun Denov tumanidagi “Farg‘ona madaniyat saroyi“da Denov tuman hokimi Baxtiyor Ibatov rahbarligida Denov tuman Bosh vazir qabulxonasi mudiri va sektor rahbarlari bilan fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

3 soatdan ortiq davom etgan qabul chog‘ida yuzdan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.
Bandlik, tadbirkorlik, uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, tibbiy xizmatlar masalalarida qilingan murojaatlarning ko‘pi joyida hal etildi.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganilishi lozim bo‘lganlari chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, nazoratga olindi.