Dehqonobodda harbiylarga xizmat uylari topshirildi
Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi munosabati bilan hududlarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Xususan, Dehqonobod tumanida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qarashli N-sonli harbiy qism boshqarmasi xodimlari ham bu yilgi bayramni ko‘tarinki ruhda kutib olmoqda.
Bayram arafasida ularning bir guruhiga yangi qurilgan xizmat uylari topshirildi.

Tantanali marosimda viloyat hokimi M.Azimov ishtirok etib, yig‘ilganlarni bayram bilan qutladi.
Tadbir haqiqiy bayram tusini oldi. Madaniyat xodimlari tomonidan namoyish etilgan musiqiy dastur barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Yangi uylarni qabul qilib olgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Xonadon egalarining jajji bolajonlariga bayram sovg‘alari ulashildi.
O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri