Dehli Ukraina mojarosida to‘g‘ri yo‘lni tanladi
Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramaniyam Jayshankarning aytishicha, Dehli Ukrainadagi mojaroda to‘g‘ri yo‘lni tanlagan.
Shuningdek, u nizo jiddiy oqibatlarga olib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ham ta’kidladi. Mazkur bayonotni “Press Trust” agentligi tarqatdi.
“Bu juda murakkab va shu bilan birga eng dolzarb masala”, deydi mulozim.
Vazir qo‘shimcha qilishicha, Hindistonning tarixiy, strategik va bugungi kun uchun xos, amal qilinishi shart bo‘lgan qarashlari, manfaatlari bor.