Davlatobodda “Yashil makon rezidensiya”si qurilmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yangi Namangan” shaharchasi tarkibida “Yashil makon rezidensiya”si turar-joy kompleksi qurilish ishlari davom etmoqda.
Ushbu majmuaning sotuv ofisi ish boshlashi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov, nuroniylar, faollar va OAV vakillari ishtirok etdi.
[gallery-18814]
Mazkur kompleks umumiy loyiha qiymati 363 milliard so‘m bo‘lib, “Castle Town” MCHJ tomonidan qurilmoqda. Turar-joy quruvchi tadbirkorlari tomonidan majmuada 9, 12, 21-qavatli turar-joy ob’ektlari, mehmonxonalar, restoranlar, Xitoyning “BYD” kompaniyasida ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuv ofisi hamda savdo va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarning qurilish ishlari boshlangan.
Majmuada 4 ta 9 qavatli, 2 ta 12 qavatli, 2 ta 21 qavatli turar-joy ob’ekti qurilishi natijasida 702 oila uy-joy bilan ta’minlanadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA