Davlatdan berilgan ko‘mak yoshlar imkoniyatini kengaytirmoqda (+video)
Bugun mamlakatimiz yoshlariga dunyo havas bilan boqmoqda. Ular orasidan chiqayotgan yangidan-yangi iste’dod egalari erishgan yutuqlari ko‘zni quvnatib, ko‘ngilni yayratmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi Farovonlik mahallasida yashovchi Shahnoza Elboyeva bugun o‘z tashabbusi va izlanishlari orqali yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
U o‘z o‘quv markazi faoliyatini kengaytirib, tumanning olis hududlaridan birida yangi filial tashkil etdi. Bu esa chekka mahallalarda yashovchi yoshlar uchun ham sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratdi.
Bugungi kunda filialda ko‘plab yoshlar bilim olib, o‘z kelajagi uchun muhim qadam tashlamoqda. Eng muhimi, ularning vaqt va masofa borasidagi muammolari kamaydi.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JdGAGL6OoIk" title="Davlatdan berilgan ko‘mak yoshlar imkoniyatini kengaytirmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA