Davlat mukofoti tantanali tarzda topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 3 martdagi “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, sport sohasida erishgan alohida yutuqlari uchun Samarqand shahridagi 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi, shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Afro‘za Hamdamova ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘lgandi.
Chernogoriyada o‘tgan jahon chempionatidan qaytgach, Afro‘zaga mukofot Xalqaro shaxmat akademiyasida o‘tkazilgan tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirda sport vaziri Adham Ikromov, Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev, Shaxmat federatsiyasi vakillari va jurnalistlar ishtirok etdi.


Afro‘za Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, yurtimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda baland ko‘tarishni davom ettirishga va’da berdi.
G‘. Hasanov, O‘zA