Davlat byudjeti jamoatchilik nazorati ostida (+video)
Mamlakatimizda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar o‘z mazmun-mohiyati bilan “inson – jamiyat – davlat” degan tamoyilni konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlashga, xalqparvar davlat barpo etishga, inson huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Yangilangan Konstitutsiya jamiyatimiz hayotining barcha yo‘nalishlarini kompleks tartibga solish hamda mamlakatimizni demokratik rivojlantirish yo‘lida eng muhim huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalar barcha sohalarni taraqqiy ettirishga, shu jumladan, davlat hokimiyatining yanada samarali tashkil qilinishiga yordam beradi.
O‘zbekistonda so‘nggi yillarga qadar davlat byudjeti ochiqligi va uning ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish haqida gap-so‘z bo‘lishi ham mumkin emas edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirgan islohotlar natijasida byudjet ochiqligini ta’minlashga qaratilgan amaliy ishlar qilindi. Bir qator hujjatlar qabul qilindi. Fuqarolar nafaqat davlat byudjeti ustidan nazorat o‘rnatmoqda, balki mablag‘larni sarflashda ham ishtirok etmoqda.
Bugungi lavhamizda Toshkent Davlat yuridik universiteti ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Karima Rajabova davlat byudjetida jamoatchilikning o‘rni haqida batafsil ma’lumot berib o‘tadi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/8m74U4Yxm5E" title="Davlat byudjeti jamoatchilik nazorati ostida " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA