“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritildi
Prezident tomonidan imzolangan 2023 yil 6 fevraldagi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi
Jumladan, “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash bo‘yicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari (3 mln. so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.
Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat ta’lim faoliyati ustunida haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab o‘tildi.
O‘zA