“Davergoyedezkadastr”da 9 nafar rahbar ishdan olindi
Joriy yilning 17-iyul sanasida yana 9 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi.
Bir necha kunlar avval “Davergoyedezkadastr” qoʻmitasida “tozalash” ishlari boshlangani haqida xabar berilgan edi. “Tozalash” ishlari natijasida 7 nafar rahbar lavozimini suiisteʼmol qilgani, oʻz ishiga masʼuliyatsizlik va sovuqqonlik bilan yondoshib tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi va eng asosiysi xalqning muammolariga chuqur oʻrganib yechim topmagani uchun ishdan boʻshatilgan.
Joriy yilning 17-iyul sanasida yana 9 nafar rahbar lavozimidan ozod etildi.
Ular, Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl, Shomanay, Taxtakoʻpoir, Beruniy, Ellikqalʼa tumani va Nukus shahri, Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hamda Buxoro viloyatining Kogon tuman “Yermulkkadastr” korxonalari rahbar va xodimlari boʻlib, ular balin tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilingan.