Davergeodezkadastr qoʻmitasining 6 nafar xodimida koronavirus aniqlangan
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasida 6 nafar kishida koronavirus aniqlandi.
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasida 6 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda qoʻmitaning axborot xizmati maʼlum qilgan.
“Davergeodezkadastr” qoʻmitasi tizimida 10 mingdan ortiq xodim faoliyat olib borsa, bugungacha 6 ta (Toshkent viloyatida 3 ta, Xorazm viloyatida 2 ta, Qashqadaryo viloyatida 1 ta) xodimda ushbu virus aniqlangan va karantinga olingan. Hozirda bu xodimlarning 2 tasi toʻliq sogʻaygan, 4 tasi shifoxonada statsionar holatda davolanish jarayonida.