Dardanella bo‘g‘ozida kemalar qatnovi to‘xtatildi
Turkiyaning shimoli-g‘arbida yuz bergan o‘rmon yong‘inlarini bartaraf qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar tufayli Dardanella bo‘g‘ozida kemalar harakati ikki yo‘nalish bo‘yicha ham to‘xtatildi, deyiladi sohilni qo‘riqlash xizmati tarqatgan xabarda.
Avvalroq Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumoqli Chanoqqal’a viloyatida o‘rmon yong‘inlari hali ham o‘chirilmagani, hukumat voqeaning salbiy rivojiga tayyorlanayotgani haqida ma’lum qilgandi.
“Chanoqqal’adagi yong‘inlar tufayli Dardanella bo‘g‘ozida kemalar qatnovi soat tungi 03:00 dan ikki yo‘nalishda ham to‘xtatildi”, – deyiladi xabarda.