Dani Sebalyos "Real"dan “Betis”ga qaytdi
30 yoshli ispaniyalik futbolchi “Betis” safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.
“Real Madrid” va “Arsenal”ning sobiq yarim himoyachisi Dani Sebalyos faoliyatini “Betis”da davom ettiradi. Bu haqda Sevilya klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi “Betis” safiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Tomonlar uch yillik shartnoma imzoladi.
Sebalyos o‘tgan mavsum La Ligada “Real Madrid” safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda gol yoki golli uzatma qayd etmadi.
Qizig‘i, Sebalyos yangi jamoasidagi ilk uchrashuvlaridan birini aynan sobiq klubi “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazishi mumkin. “Betis” 4-sentabr kuni madridliklarni o‘z maydonida qabul qiladi.