Dangʻaradagi tabiat moʻjizasi
Fargʻona viloyati Dangʻara tumani dasht hududlarida joylashgan qum barxanlari tabiatning asl moʻjizasi sifatida ahamiyatlidir.
OʻzA arxividan maxsus fotoreportaj
Fargʻona viloyati Dangʻara tumani dasht hududlarida joylashgan qum barxanlari tabiatning asl moʻjizasi sifatida ahamiyatlidir. Hozirgi kunda yovvoyi holida saqlanib turgan bu hudud boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish Fargʻona vodiysi tabiatining oʻziga xos jihatlarini kashf etishga xizmat qiladi.
Bu tabiat maskani choʻl hududiga xos noyob oʻsimliklari, turli hashoratlari bilan mashhur. Viloyatning ekoturistik marshrutlari roʻyxatiga kiritish orqali ushbu maskanda yaqin istiqbolda eko va agro turizmni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud.


