Dadaboyev Qobilbek Qosimjon o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Bug‘ gaz qurilmasi gradirnyalaridagi aylanma suv yo‘qotilishini kamaytirish” mavzusida
Dadaboyev Qobilbek Qosimjon o‘g‘lining 05.05.04 – “Sanoat issiqlik energetikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Bug‘ gaz qurilmasi gradirnyalaridagi aylanma suv yo‘qotilishini kamaytirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.28.11.T.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 19-may kuni soat 10:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy, Toshkent davlat texnika universiteti, Energetika fakulteti 2-qavat, 219-xona.
Tel.: (99871) 207-07-32; faks: (99871) 207-14-62
e-mail: tstu_info@tdtu.uz