“Crafers” qo‘shma korxonasi bilan tanishuv
Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Ulug‘bek Maripov mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi “Crafers” qo‘shma korxonasida bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, mazkur qandolatchilik korxonasi ishga tushirilganiga ko‘p bo‘lmaganiga qaramay, nafaqat ichki bozor, balki xorijda ham o‘z xaridorini topib ulgurdi. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan fabrikada bugungi kunda 150 turdan ziyod qandolat mahsulotlari tayyorlanadi. Ishlab chiqarish jarayonida sifatli xomashyodan foydalaniladi.
[gallery-1742]
“Crafers”ning 12 ta liniyasida oyiga 2 ming 400 tonnaga yaqin mahsulot tayyorlanadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 50 ming tonna.
Korxona shirinliklari qo‘shni mamlakatlar, Afg‘oniston, shuningdek, Rossiya, Koreya Respublikasi, Armaniston, Boltiqbo‘yi davlatlariga eksport qilinmoqda.
Majmuada 800 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan.
O‘zA