COP31: global iqlim siyosatida Özbekistonning ustuvor yönalişlari
Global iqlim özgarişi bugun nafaqat ekologik, balki siyosiy, iqtisodiy va geostrategik ahamiyatga ega masalaga aylanmoqda. Tabiiy resurslar taqçilligi, energetika xavfsizligi, “yaşil” texnologiyalar uçun raqobat va xalqaro iqlim moliyalaştiriş mexanizmlari mamlakatlar örtasidagi munosabatlarga yangiça mazmun bağişlamoqda.
Şu kunlarda Turkiyaning Antaliya şahrida ötayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) xalqaro hamkorlikning istiqbolli yönalişlarini belgilaşda muhim maydon vazifasini ötamoqda.
Xöş, mazkur sammit Özbekistonning milliy manfaatlari va taşqi siyosiy ustuvorliklari nuqtai nazaridan qanday ahamiyatga ega? Iqlim diplomatiyasi mamlakatimiz uçun qanday iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlarni oçmoqda? Markaziy Osiyoda suv xavfsizligi, energetika transformatsiyasi va “yaşil” iqtisodiyot sohalaridagi hamkorlikning geosiyosiy istiqbollari qanday?
ÖzA muxbiri uşbu savollar yuzasidan siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori Muxtor Nazirov fikrlarini yozib oldi.

– Darhaqiqat, global iqlim özgarişi xalqaro siyosatdagi kuçlar nisbati va iqtisodiy munosabatlarga ham taʼsir körsatmoqda. Suv resurslari, energetika, oziq-ovqat xavfsizligi va ekologik texnologiyalar davlatlar örtasidagi raqobat hamda hamkorlikning muhim yönalişlariga aylandi. Şu maʼnoda, 9-20-noyabr kunlari Antaliyada ötayotgan COP31 oddiy ekologik anjuman doirasidan ança keng siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Özbekiston uçun mazkur maydon global iqlim kun tartibida barqaror rivojlaniş manfaatlarini ilgari suriş, xalqaro moliyaviy resurslarni jalb qiliş va yangi texnologik şerikliklarni yölga qöyiş imkoniyatini beradi.
Markaziy Osiyo uçun iqlim özgarişi avvalo, suv va iqtisodiy xavfsizlik masalasidir. Muzliklarning qisqarişi, suv oqimining özgarişi va qurğoqçilik xavfining ortişi qişloq xöjaligi, energetika hamda aholi turmuşiga bevosita taʼsir körsatmoqda. Ayniqsa, suğorma dehqonçilikka yuqori darajada boğliq Özbekiston şaroitida suv resurslaridan samarali foydalaniş iqtisodiy taraqqiyotning muhim şartlaridan biriga aylanmoqda.
Şu sababli, ölkamizning COP31dagi iştiroki iqlim muammolarni xalqaro hamkorlik va investitsiya imkoniyatlariga boğlaşga qaratilgan. Forum doirasida Özbekistonning Milliy paviloni taşkil etilişi esa mamlakatning “yaşil” iqtisodiyotga ötiş böyiça dasturlari, ekologik taşabbuslari va investitsiya loyihalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etiş uçun xizmat qiladi. Bu yerda asosiy masala iqlim böyiça majburiyatlarni moliyalaştiriş va amaliy natija beradigan loyihalarga aylantirişdan iborat.
Respublikamizning iqlim diplomatiyasida uçta yönalişni alohida ajratib körsatiş mumkin. Birinçisi – suv xavfsizligi. Suv tejovçi texnologiyalarni keng joriy etiş, tomçilatib suğorişni rivojlantiriş va gidrologik xavflarga moslaşiş qişloq xöjaligi samaradorligini oşiriş bilan birga mintaqaviy barqarorlikka ham xizmat qiladi.
Ikkinçisi – energetika sohasini diversifikatsiya qiliş. Xalqaro miqyosda ilgari surilayotgan “35 ga 35” taşabbusi 2035-yilga qadar elektr energiyasining jahon umumiy energiya isteʼmolidagi uluşini 35 foizga yetkazişni nazarda tutadi. Buning uçun transport, isitiş tizimlari va sanoat uskunalarini bosqiçma-bosqiç qazilma yoqilğilaridan elektr energiyasiga ötkaziş közda tutilgan. Taşabbusning asosiy maqsadi toza energiya manbalarini kengaytiriş orqali uglerod çiqindilarini kamaytiriş va energetika xavfsizligini mustahkamlaşdan iborat.
Yurtimiz uçun bu jarayon ikki tomonlama ahamiyatga ega. Bir tomondan, quyoş va şamol energetikasini rivojlantiriş elektr energiyasi işlab çiqariş manbalarini diversifikatsiya qiliş imkonini beradi. Ikkinçi tomondan, transport va sanoatda elektr energiyasidan foydalanişni kengaytiriş iqtisodiyotning uglerod siğimini kamaytirişga xizmat qilişi mumkin. Biroq bunday transformatsiya elektr tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, energiya saqlaş infratuzilmasini rivojlantiriş va elektr energiyasi taʼminoti barqarorligini taʼminlaşni ham talab etadi.
Uçinçisi – xalqaro iqlim moliyalaştiriş mexanizmlaridan foydalaniş. Bu borada Özbekiston BRIDGE (Climate Implementation Bridge) xalqaro taşabbusining dastlabki beşta pilot mamlakatidan biri sifatida tanlanişi muhim ahamiyatga ega. BMTning Atrof-muhit böyiça dasturi (UNEP) iştirokida şakllantirilgan mazkur mexanizm mamlakatning iqlim loyihalarini xalqaro investorlar talablariga moslaştiriş va ularga moliyaviy resurslar jalb qilişga kömaklaşişni nazarda tutadi.
BRIDGE taşabbusining amaliy ahamiyati şundaki, u iqlim sohasidagi siyosiy majburiyatlar bilan ularni amalga oşiriş uçun zarur investitsiyalar örtasidagi boğliqlikni mustahkamlaşga qaratilgan. Dastur doirasida xalqaro ekspertlar kömagida loyihalarni tayyorlaş, ularning moliyaviy jozibadorligini oşiriş va investorlar bilan hamkorlikni yölga qöyiş imkoniyatlari kengayadi. Bu jarayon Özbekistonning 2035-yilgaça möljallangan kam uglerodli rivojlaniş strategiyasi va yangilangan milliy iqlim maqsadlarini amalga oşiriş uçun ham muhimdir.
Taşabbus doirasida qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş, energiya samaradorligini oşiriş va suv resurslaridan oqilona foydalaniş ustuvor yönalişlar sifatida belgilangan. Uşbu sohalar Özbekistonning ekologik muammolari bilan bir qatorda iqtisodiy modernizatsiya va energetik xavfsizlik manfaatlariga ham bevosita daxldor.
Şu nuqtai nazardan, BRIDGE doirasidagi iştirokni Özbekistonning xalqaro iqlim diplomatiyasidagi amaliy imkoniyatlarini kengaytiruvçi qadam sifatida baholaş mumkin. Ammo uning samaradorligi xalqaro ekspertlar kömagi yoki eʼlon qilingan taşabbuslar bilan emas, tayyorlangan loyihalarning moliyalaştirilişi, jalb etilgan investitsiyalar va iqtisodiyotdagi real özgarişlar bilan belgilanadi.
Antalya sammitining geosiyosiy ahamiyatini belgilovçi yana bir omil – Turkiya bilan hamkorlikdir. Anqara va Toşkent örtasidagi siyosiy yaqinlik ekologik va texnologik hamkorlikni rivojlantiriş uçun ham qulay şaroit yaratmoqda. Bu borada Turkiyaning 2017-yilda boşlangan “Nol çiqindi” (Sıfır Atık) taşabbusi alohida eʼtiborga loyiq. Dastur çiqindilarni ular hosil bölgan joyning özida saralaş, qayta işlaşga yönaltiriş va bir martalik plastik mahsulotlar isteʼmolini çeklaş orqali ekologik yukni kamaytirişni közda tutadi.
Uning muhim jihati, çiqindilarni iqtisodiy qiymatga ega resurs sifatida qayta işlab çiqariş jarayoniga jalb qiliş, yaʼni, aylanma iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga tatbiq etişdan iborat. Keyinçalik uşbu taşabbus milliy dastur doirasidan çiqib, xalqaro miqyosda ham qöllab-quvvatlana boşlandi.
Özbekiston uçun Turkiya tajribasining ahamiyati şundaki, ekologik muammolarni hal qiliş jarayonini iqtisodiy samaradorlik bilan boğlaş imkoniyati mavjud. Çiqindilarni saralaş va qayta işlaş infratuzilmasini rivojlantiriş, plastik isteʼmolini kamaytiriş, resurslarni qayta işlab çiqariş zanjiriga qaytariş kabi yönalişlar yangi investitsiya va texnologik hamkorlik sohalarini şakllantirişi mumkin. Turkiya bilan hamkorlik bu borada tajriba almaşiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi.
Şu maʼnoda, Anqara va Toşkent örtasidagi ekologik hamkorlikni faqat tabiatni muhofaza qiliş doirasida baholaş töğri bölmaydi. U aylanma iqtisodiyotni rivojlantiriş, resurslardan foydalaniş samaradorligini oşiriş va “yaşil” texnologiyalar bozorida yangi şerikliklarni yölga qöyiş bilan ham boğliq. Bu esa ikki mamlakat örtasidagi strategik hamkorlikning iqtisodiy mazmunini yanada boyitişi mumkin.
Kengroq geosiyosiy nuqtai nazardan qaraganda, iqlim diplomatiyasi Özbekistonning taşqi siyosiy hamkorlik doirasini kengaytiriş vositasiga ham aylanmoqda. Iqlim moliyasi, “yaşil” texnologiyalar va suv resurslarini boşqariş sohalarida xalqaro şeriklar bilan munosabatlarni rivojlantiriş mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, taşqi siyosatdagi manfaatlarni ilgari surişga ham xizmat qiladi. Markaziy Osiyo davlatlari uçun esa iqlim muammolarini birgalikda hal qiliş mintaqaviy hamkorlikning yangi amaliy yönalişini şakllantirişi mumkin.
Umuman olganda, Antaliya sammiti Toşkentga öz ekologik manfaatlarini xalqaro siyosat bilan uyğunlaştiriş imkonini bermoqda, deyiş mumkin. Bu esa iqlim masalalari Özbekiston taşqi siyosatida tobora mustaqil va amaliy ahamiyatga ega yönaliş sifatida şakllanayotganini anglatadi.
Ötkir ALIMOV, ÖzA