CNN: O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning marvaridi
“CNN” telekanali saytida O‘zbekiston haqida maqola e’lon qilindi. Maqolaning muallifi hindistonlik jurnalist Meher Mirza.
“CNN” telekanali saytida O‘zbekiston haqida maqola e’lon qilindi. Maqolaning muallifi hindistonlik jurnalist Meher Mirza.
Qayd etish kerak, ushbu maqola “CNN”ning yanvar oyida O‘zbekiston haqidagi ikkinchi maqolasi hisoblanadi. Maqola mamlakatimizning sayyohlik salohiyati, madaniy va tarixiy merosi, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarining qadimiy me’morchiligiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan, deyiladi O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi xabarida.
Maqolada O‘zbekistonning qadimiy shaharlari haqida alohida so‘z boradi.
Xususan, “Har yili dunyoning turli mamlakatlaridan minglab sayyohlar Xivadagi Ichan-qal’a majmuasini ko‘rish uchun keladi. Marg‘ilon, xususan, o‘zbek tarixining rivojlanishida ipak matosi muhim ahamiyat kasb etadi. Mato Rossiya, Fors, Konstantinopol, Hindiston, Suriya, Arabiston, Italiya va hatto Sharqiy Afrika mamlakatlariga eksport qilingan, deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqolada Toshkent metropoliteniga alohida e’tibor qaratilgan. “Har bir stansiya juda ajoyib bezatilgan. Ulardan biri kulrang qandillar bilan bezatilgan, ikkinchisida fazodagi birinchi ayol Valentina Tereshkovaning chehrasi ifodalagan surat ham bor; yana biri paxtadan qilingan ekstravagant qandil bilan bezatilgan. Toshkent shahrining mo‘jizaviy metropolitenini suratga olishga qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlagani uchun O‘zbekiston hukumatiga tashakkur, deya ta’kidlaydi muallif.
Maqolaning yakuniy qismida O‘zbekistonga tashrif buyurish, barcha go‘zal me’moriy inshootlar va mamlakatning tarixiy va madaniy merosidan bahramand bo‘lish tavsiya etiladi.