Chustda yozgi biatlon musobaqasining birinchi bosqichi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chust tumanida yozgi biatlon bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun musobaqaning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada shahar va tumanlardan jami 10 ta jamoa, 65 nafar sportchi (47 nafar o‘g‘il bola va 18 nafar qiz) ishtirok etdi.
Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni To‘raqo‘rg‘on tuman jamoasi, ikkinchi o‘rinni Uchqo‘rg‘on, uchinchi o‘rinni Kosonsoy tuman jamoalari egalladi.
[gallery-29135]
G‘olib va sovrindorlar “Vatanparvar” tashkilotining faxriy yorliqlari va medallari bilan taqdirlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA