Choy importi qanchaga kamaydi?
Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston yigirma ikkita xorijiy davlatdan qiymati 26,7 million dollarga teng boʻlgan 20,2 ming tonna choy import qilgan.
Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Oʻzbekiston yigirma ikkita xorijiy davlatdan qiymati 26,7 million dollarga teng boʻlgan 20,2 ming tonna choy import qilgan. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda bu 416,2 tonnaga kamaygan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan sakkiz oy mobaynida Oʻzbekistonga choy mahsulotini eng koʻp import qilgan bir nechta davlatlarni koʻrish mumkin. Agar miqdorlariga toʻxtaladigan boʻlsak, peshqadamlar safida Xitoy boʻlib, 16,1 ming tonna choy yuborgan. Keyingi saflarda Keniya – 1,6 ming tonna, Vyetnam – 920,4 tonna, Eron – 369,1 tonna, Shri-Lanka – 280,9 tonna, Hindiston – 267,3 tonna, Rossiya – 173 tonna, BAAdan 130 tonna xarid qilingan.