Chorvoqda choʻmilishga ruxsat berildi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Respublika maxsus komissiyasi aʼzosi – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov OʻzAga maʼlum qildi.
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida 15-avgustdan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish boʻyicha berilgan topshiriqlar doirasida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi Chorvoq suv omborida aholiga choʻmilish va koʻngilochar vositalar borasida barcha cheklovlar yechilib, ulardan foydalanishga ruxsat berildi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari – Respublika maxsus komissiyasi aʼzosi – Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov OʻzAga maʼlum qildi.