Chortoqda yo‘lsozlik ishlari davom etmoqda
Namangan viloyati Chortoq tumanida joriy yilda qariyb 100 kilometrga yaqin yo‘l shag‘allanishi, asfaltlanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirga qadar ushbu ishlarning 60 foizi bajarildi.
60 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llari ta’mirlandi. Shundan 12 kilometr yo‘llar asfaltlandi. 40 kilometr yo‘l shag‘allandi.
–Ayni paytda tumandagi yo‘lsozlik ishlarida 30 dan ortiq yo‘l qurilish texnikasi, 100 ga yaqin ishchi mehnat qilmoqda, - deydi viloyat avtomobil yo‘llaridan foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Akram Hamdamov. – “Obod qishloq” dasturi doirasida tumanning Beshtol mahallasida 3,2 kilometr va Bog‘iston mahallasida 5,2 kilometr, tuman bo‘yicha 41 kilometr ichki yo‘l asfaltlanadi. Har ikki mahallada mos ravishda 7,1 va 5,8 kilometr tuproq yo‘l shag‘allanadi. Tuman bo‘yicha bu ko‘rsatkich 52,9 kilometrni tashkil etadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA