«Chortoq temir beton» mahsulotlari
Namangan viloyati Chortoq tumanidagi «Chortoq temir beton» mas’uliyati cheklangan jamiyati temir beton tayanchlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
24 nafar kishi mehnat qilayotgan korxonada 9,5 metrli 04 yo‘nalishdagi hamda yuqori kuchlanishli tarmoqlar uchun mo‘ljallangan 10,5 metrli temir beton ustunlar tayyorlanmoqda. Ishlab chiqarish texnologiyasi Xitoy davlatidan keltirilgan.
[gallery-1914]
– Korxonamiz bir kunda 50 dona mahsulot mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega, – deydi MCHJ rahbari Nurilla Sotvoldiyev.
– Bir yillik ayriboshlash qiymati 6,5-7 milliard so‘mni tashkil etmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA