Chiqindini muammo emas, iqtisodiy resursga aylantirish samarali yechim sanaladi
Mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va yashil iqtisodiyot tamoyillariga mos ravishda ishlab chiqilayotgan maqsadli loyihalar ko‘lami oshmoqda.
“Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish va aylanma iqtisodiyot tizimini rivojlantirishga qaratilgan kompleks startap loyihalar paketi ishlab chiqildi.
Loyiha chiqindilarni alohida yig‘ish tizimi, qayta ishlash infratuzilmasi, ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish va beshta innovatsion startap yo‘nalishlarni o‘zida qamrab oladi.
Natijada 2027-yilgacha 80 000–120 000 tonna chiqindi qayta ishlanadi, 900–1200 ta ish o‘rni yaratiladi. “Yashilloyiha” loyihalash instituti ma’lumotiga ko‘ra, ayni vaqt davomida bunga 20–30 ta shahar qamrab olinadi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa chiqindini muammo emas, balki iqtisodiy resursga aylantirishdir.
Marhabo Hojiakbarova, O‘zA