Chet tillarini o‘qitishda Britaniya uslubi (+video)
Zamon taraqqiy etib borar ekan, yangiliklarga “chanqoq” bo‘lish suv va havodek zarur.
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida viloyatlarimizdan kelgan ta’lim sohasi mutaxassislari uchun o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi va rejaga ko‘ra, treninglar uch kun davom etishi aytilmoqda.
Ushbu tashabbus O‘zbekiston va Buyuk Britaniya yetakchi soha vakillari hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, ta’lim dasturi Britaniya Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va Xalqaro taraqqiyot departamenti tomonidan moliyalashtiriladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/-Y1L2YKJpTw" title="Chet tillarini o‘qitishda Britaniya uslubi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Nishon Abduvohit (video), O‘zA