Chempionlar ligasi finalida Angliyaning ikki klubi kuch sinashadi
Angliyaning "Chelsi" klubi "Real Madrid"ni mag‘lubiyatga uchratib, "Manchester Siti" bilan finalga chiqdi. Turkiyada kechadigan bahsda Angliya klublari o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.
London klubi kecha oqshomda Ispaniya gigantlarini 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alaba bilan musobaqadan chiqarib yubordi.
Timo Verner va Meyson Maunning gollari evaziga "Chelsi" jamoasi 13-marta Yevropa chempionlar ligasi finaliga yo‘l oldi. Klub so‘nggi bor 2012 yilda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. O‘shanda londonliklar YeCHL g‘olibiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, Angliyaning "Chelsi" va "Manchester Citi" klublari 29 may kuni Istanbulning "Otaturk Olimpiya" stadionida YeCHL finalida maydonga tushadi.