"Chelsi"ning yana ikki futbolchisi jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
The Telegraph nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Palmer va Kolvil Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy tarkibidan tushib qolgan.
Londonning "Chelsi" klubi futbolchilari Koul Palmer va Levi Kolvil jahon chempionatida o‘ynamaydi.
The Telegraph nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Palmer va Kolvil Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy tarkibidan tushib qolgan. Bundan avvalroq, Xarri Maguaer va Fil Fodenning ham mundialga bormasligi aniq bo‘lib ulgurgan edi. Palmer joriy mavsumda 33ta uchrashuvda ishtirok etib, 10ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kolvil esa jiddiy jarohatdan so‘ng endi safga qaytgan va 4ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.
Angliya terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi yaqin kunlarda e’lon qilinadi.