"Chelsi" Pedro Netu o'rniga uning vatandoshini olib kelmoqchi
«Aristokratlar» portugaliyalik futbolchining ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rib, uning o‘rniga nomzodlarni izlashni boshlagan.
Avvalroq Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Chelsi» vingeri Pedro Netoni o‘z safiga qo‘shmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Manbaga ko‘ra, «Chelsi» portugaliyalik futbolchining ehtimoliy ketishiga tayyorgarlik ko‘rib, uning o‘rniga nomzodlarni izlashni boshlagan. London klubi transfer bozorini o‘rganmoqda.
«Ko‘klar»ning e’tiborini «Yuventus» vingeri Fransishku Konseysau tortgan. Portugaliyalik futbolchining Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.