«Chelsi» Jordan Henderson transferiga qiziqmoqda
Henderson «Sanderlend» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida 2011–2023-yillar oralig‘ida «Liverpul» safida to‘p surib, jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
«Chelsi» klubi «Brentford» yarim himoyachisi Jordan Hendersonni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, aynan «ko‘klar» tajribali futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Qayd etilishicha, Hendersonning «Brentford» bilan shartnomasi 2027-yil yozigacha amal qilsa-da, u klubni transfer puli to‘lanmasdan tark etishi mumkin. Futbolchining o‘zi ham ehtimoliy transferga tayyor.
Jordan Henderson «Sanderlend» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida 2011–2023-yillar oralig‘ida «Liverpul» safida to‘p surib, jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, yarim himoyachi faoliyati davomida «Koventri Siti», «Al-Ittifoq», «Ayaks» va «Brentford» klublarida ham o‘ynagan.