Chavandozimiz oltin medal sohibi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha "CSI 4*-W" tasnifidagi musobaqa yakunlandi. Turnirning so‘nggi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev "Caballone" laqabli oti bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev “Lady” laqabli tulporida musobaqaning 125 sm bahslarida ishtirok etdi. Abdurahmon Abdullayev esa 155 smli Gran-pri dasturida “Volour” otida yettinchi natijani qayd etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA