Changdan himoya: havo tozalagich, tibbiy niqoblar yoki xona gullari (+video)
Bugungi kunda katta-yu kichikni xavotirga solayotgan hodisa bu yurtimizda kuzatilayotgan havoning ifloslanishi bo‘lib qoldi. Qish kelib havo sovuganiga qaramasdan na yomg‘ir, na qor yog‘ishidan hozircha darak yo‘q. Bu esa ifloslangan havoni yanada tarqalishiga olib kelmoqda. Albatta, bu havo sog‘lom odamlar uchun ham, kasalmand odamlar uchun alohida bir sinovga aylanmoqda. Chang uylar, ishxonalar, avtomobillarning eshik-derazalaridan sizib kirib, allergik kasalligi bor bemorlar uchun dahshatga aylanmoqda.
Shifokorlar bu holatlarda changdan himoyalanish bo‘yicha o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tmoqdalar. Tashqarida yurganda tibbiy niqoblarning N95 raqamlisi changdan samaraliroq himoya qilishi aytilsa, uyda havo tozalagichlarning o‘rni beqiyos. Hatto xona gullari bo‘yicha ham tavsiyalar ko‘payib ketdi. Bugungi lavhamiz ekspertidan changdan himoyalanish bo‘yicha eng samarali vosita qaysi biri ekanligini so‘radik. Bizni kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/HH1T-0TVdIc?si=QlaoSwMsCEmtve9b" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA