Chang bo‘roni kuzatilishi mumkin
«O‘zgidromet» xizmati Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida chang bo‘roni kuzatilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 27 yanvar kunida O‘zbekistonga Turkmaniston hududidan O‘zbekistonga iliq havo kirib keladi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanining ba’zi joylarida shamol tezligi 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi ta’sirida mazkur hududda chang bo‘roni kuzatilishi mumkin.
Qayd etish kerak, bunday hodisa havo harorati va atmosfera bosimining nisbatan gradiyentlari vujudga kelishi hisobiga sodir bo‘ladi.
O‘zA