Chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 69,9 trln so‘mni tashkil etdi
Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning chakana savdo tovar aylanmasi 69,9 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,4 % ga o‘sgan.
1-mart holatiga chakana savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 87 614 tani tashkil etdi.
Mazkur davrda ulgurji savdo tovar aylanmasi 73,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 16,5 % o‘sishni qayd etdi.
1-mart holatiga respublikamizda ulgurji savdo sohasida 53 123 ta tijorat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4_YsyMUiup8" title="Chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 69,9 trln so`mni tashkil etdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA